
Fabio Kapello: Lukaku jahon darajasidagi futbolchi emas
Italiyalik mashhur mutaxassis Fabio Kapello A Seriyaning joriy mavsumidagi dastlabki 2-turi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Menga hammadan ham ko‘proq “Yuventus”ning o‘yini yoqdi, ayniqsa “Napoli”ga qarshi o‘tgan o‘yinning 1-bo‘limi. Shu bilan bir qatorda “Napoli”ning himoyadagi o‘yinlari meni hayron qoldirmoqda.
Qolgan barcha jamoalar 1-turda yaxshi o‘ynashdi, 2-turda esa aksincha. Menga shuningdek “Latsio” ham yoqdi. Rimliklar har ikkala turda ham yomon o‘ynashmadi.
Lukaku – yaxshi futbolchi va hozircha yomon harakat qilmayapti. U penaltidan va darvozabonning xatosidan foydalanib 2ta gol urdi. Romelu maydonda foydali futbolchi, ammo u jahon darajasidagi futbolchi emas”, - deydi Kapello.
Ma’lumot uchun, “Inter” Lukakuni 65 mln evro evaziga sotib oldi.
Fikrlar