
Fabio Fonini o‘tgan yildan buyon qum qoplamali kortlarda g‘alaba qozona olmayapdi
Marokashda Professional tennischilar uyushmasi tomonidan erkaklar o‘rtasida qum qoplamali kortda "Grand Prix Hassan II" musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Unda italiyalik Fabio Fonini chexiyalik Irji Veselga 6:7, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu esa Fabio uchun qum qoplamali kortlardagi qatorasiga beshinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.
So‘nggi marotaba Fonini bunday kortda 2018 yilning iyul oyida Bostad shahrida o‘tgan musobaqada g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar