Evropa ligasida hafta futbolchisi nomi e’lon qilindi
Kataloniyaning "Espanol" klubi forvardi Xonatan Kaleri Evropa ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Kaleri "Vulverxempton"ga (3:2) qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgan edi. Aynan uning gollari hisobiga kataloniyaliklar 1/8 finalga chiqishdi.
Ma’lumot uchun, Kaleri joriy mavsum 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar