Evropa Ligasi. Finalchilar nomi ma’lum!

  • 7 may, 2021, 02:00
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Ligasi yarim final bosqichi javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Londonda "Arsenal" "Vilyarreal"ni qabul qildi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Tecno

O‘yin davomida ustunlik qilgan "kanonirlar"ga biroz omad etishmadi. Per-Emerik Obameyangning ikkita zarbasi darvoza to‘siniga tegdi.

Shu tariqa, birinchi o‘yindagi 2:1 hisobidagi g‘alaba evaziga "Vilyarreal" finalga yo‘llanma oldi. Endi "sariq suvosti kemasi" hal qiluvchi bellashuvda MYuga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!