
Evropa kuchli beshligida faqat "Bavariya" bu ishni uddalamoqda
Kecha oqshomda Germaniya Kubogi 1/8 finali doirasida "Bavariya" o‘z maydonida "Xoffenxaym"ni qabul qildi va qiyni g‘alabaga erishdi.
Opta nashri xabariga ko‘ra, jamoa ustozligiga Xans-Diter Flik kelganidan buyon myunxenliklar bir o‘yinda 3,4 ta gol kiritib kelishmoqda.
Manba bu ayni vaqtda Evropa top chempionatlaridagi eng yaxshi natija ekanligini qo‘shimcha qilmoqda.
"Bavariya" 54 yoshli murabbiy qo‘l ostida 14 ta o‘yin o‘tkazdi va 48 ta gol kiritib, 11 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar