
Evropa klublari EChL rekordini o‘rnatdi
UEFA Chempionlar Ligasida 3-tur uchrashuvlari ortda qoldi.
Qizig‘i, ushbu turnirda ishtirok etuvchi jamoalar yuqori sermahsullik ko‘rsatmoqda. O‘tkazilgan 48 bellashuv davomida jamoalar umumiy hisobda 156 ta gol kiritildi. Bu har uchrashuvga o‘rtacha 3.25 ta gol degani. Bu borada o‘tgan mavsum o‘rnatilgan rekord yangilandi(3.24).
Hozircha, Chempionlar Ligasida eng sermahsul jamoa "Bavariya" bo‘lib turibdi. Myunxenliklar 3 bahsda 12 bor raqib darvozasini ishqol etgan. "Marsel" jamoasi esa, hali birorta gol ura olmagan yagona klub sanaladi.
Fikrlar