Evropa futboli yana bir muammoga duch keldi
150 dan ziyod Evropa klublarining 300 ga yaqin fan harakatlari sanitariya talablari muxlislarning tribunalarga qaytishiga javob bermasa, futbol bahslarini o‘tkazish g‘oyasidan voz kechish haqidagi press-relizga imzo chekishdi.
"Evropa virusdan aziyat chekmoqda, inson salomatligi hamma uchun ustuvor vazifaga aylandi. Shuning uchun futbol bahslarini to‘laqonli to‘xtatish to‘g‘ri qaror bo‘ladi deb hisoblaymiz.
O‘yinlarni davom ettirilishi faqatgina moddiy manfaatlar uchun xizmat qilishiga ishonchimiz komil, ammo biz vakolatli organlardan stadionlarni qayta ochish jamoat salomatligiga xavf to‘g‘dirmaydigan holatgacha futbol bahslarini to‘xtatib turishini so‘rab qolamiz", - deyiladi bayonotda.



Fikrlar