
Evropa Chempionlar ligasida 1-turning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Evropa Chempionlar ligasida 1-tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Ilk turda bir qator futbolchilar o‘zini ko‘rsata oldi.
Jumladan, "Sevilya"ga qarshi bellashuvda dubl qilgan Erling Xoland ("Manchester Siti"), "Yuventus" darvozasini ikki bor ishg‘ol qilgan Kilian Mbappe (PSJ), "Viktoriya"ga 3 ta gol urgan Robert Levandovski ("Barselona") va "Liverpul" bilan o‘yinda 2 ta gol hamda 1 ta assist muallifiga aylangan Pyotr Zelinskiy hafta futbolchisi bo‘lish uchun da’vogarlik qilishdi.
Yakunda polshalik goleador Robert Levandovski mazkur nomga loyiq deb topildi.
Fikrlar