
"Evro-2020"da sermahsullik bo‘yicha rekord o‘rnatildi
Shu kungacha “Evro-2020” musobaqasida darvozalarga 118 ta gol kiritildi. Ta’kidlash kerakki, bu Evropa chempionatlari tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatgichdir.
Bundan avvalgi rekord 2016 yil Frantsiya yashil maydonlarida o‘tkazilgan qit’a birinchiligida qayd etilgan edi. O‘shanda terma jamoalar butun musobaqa davomida jami 108 ta gol urishgan.
Aytish lozimki, ushbu Evropa chempionati yakunigacha yana 9 ta o‘yin bor. “Evro-2020” 24 ta jamoa ishtirok etayotgan ikkinchi Evropa chempionati hisoblanadi. UEFA “Evro-2016”dan boshlab ishtirokchi jamoalar sonini 24 taga oshirishga qaror qilgan.
Musobaqaning amaldagi g‘olibi – Portugaliya terma jamoasi Belgiyaga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.
Fikrlar