
"Everton" muxlislari to‘xtamayapti
"Everton" APLning 16-turida "Chelsi"ni o‘z maydonida qabul qilmoqda. Klub muxlislari uchrashuvga bannerlar bilan tashrif buyurgan.
"Bu erda kuch, ochko‘zlik, pul... korruptsiya bor" va shu turdagi so‘zlar yozilgan bannerlar orqali muxlislar APLga o‘z e’tirozini bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Everton"dan moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligi uchun 10 ochko olib qo‘yilgandi. Klub hisobida ayni paytda 10 ochko mavjud.
Fikrlar