
"Everton" himoyachisi klub bilan yangi kelishuvga imzo chekdi
Angliyalik himoyachi Meyson Xolgeyt "Everton" bilan yangi shartnomaga imzo chekdi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2025 yilgacha mo‘jallangan. Xolgeyt mersisaydliklar safiga 2015 yilda kelib qo‘shilgan edi.
Joriy mavsumda 23 yoshli futbolchi liverpulliklar klubi libosida 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol va uchta asistga mualliflik qildi.
Fikrlar