Etakchi futbolchi "Arsenal" bilan shartnomani uzaytirdi va katta maosh oladigan bo‘ldi

  • 23 may, 2023, 18:18
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi hujumchi Bukayo Saka bilan shartnomani uzaytirdi. Uning yangi bitimi 2027 yilga qadar amal qiladi. 

Endilikda, 21 yoshli iqtidor egasi London klubidan yiliga 15 million funt sterling maosh oladi.

"Birgalikda qancha yutuqlarga erishishimiz mumkinligini bilaman. Vaqt biz tomonda", - dedi "kanonirlar" futbolchisi. 

Qayd etish lozim, Saka joriy mavsum APLning 37 o‘yinida maydonga tushib, 13 ta gol hamda 11 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!