"Esxata"da legionerlarimiz soni ortmoqda. Bosh murabbiyi o‘zbekistonlik futbolchilar va "Andijon"ga qarshi o‘yin haqida nimalarni aytdi?

  • 15 iyun, 2023, 10:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, “Andijon” klubi Tojikistondagi yig‘ini doirasida “Esxata” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi va 1:1 hisobi qayd etildi. “Esxata” hozirda Tojikiston oliy ligasida 2-pog‘onada boryapti. Ushbu jamoani rossiyalik Igor Surov boshqarib kelmoqda. “Andijon”ga qarshi bahsdan so‘ng rossiyalik mutaxassis o‘yin to‘g‘risida fikr bildirdi.

Tecno

“Sparring-raqib sifatida “Andijon”ning bizga kelib o‘yin o‘tkazganligi uchun rahmat aytmoqchiman. Ha, yaxshi jamoa ekan. Chiroyli o‘yin bo‘ldi. Bu bellashuv bizning keyingi uchrashuvlarimiz uchun yaxshi tayyorgarlik vazifasini bajaradi. Lekin rejamizdagi o‘yinimiz o‘xshamadi. Aslida shunday o‘yinnni kutgandik. Saviya jihatidan ham yuqori bo‘ldi. Bu ayniqsa 60-daqiqagacha sezildi. Bizda ham vaziyatlar yuz berdi. Lekin hammasi ham o‘xshagani yo‘q. Dastabki daqiqalardan yaxshi himoyalanishni boshlagandik. Reja bo‘yicha ketayotgandi. Keyin esa o‘zgarib ketdi”.

surov1

Ha, raqib jamoa O‘zbekiston Superligasida yaxshi o‘rinda ketmoqda. Bu o‘yin og‘ir o‘tishini kutgan edik. Albatta, qiziqarli kechdi. Futbolchilarimiz harakatlarini shunday o‘yin orqali ko‘rib oldik”.

“Esxata” safida “Andijon” darvozasiga gol urgan futbolchi o‘zbekistonlik Akobir To‘raev bo‘lib, uni muxlislarimiz yaxshi eslashsa kerak. U yaqinda “Esxata”ga qo‘shildi. Tabiiyki, Igor Aleksandrovich To‘raev haqida ham gapirdi.

“Qandaydir muammo bo‘ldi, holbuki, bu o‘yinchi bilan yil boshida shartnoma tuzib,  ro‘yxatdan o‘tkazishni reja qilgandik. Hozirga kelib u shu paytgacha dam oldi. Endi esa bizga yordam beradi, deb o‘ylayman”.

surov2

Bundan tashqari, “Esxata”da yana uch nafar legionerimiz – Sanjar Rixsiboev, Shaxzod Ma’murjonov va Olimjon Karimov ham to‘p surishmoqda. Surovdan mazkur futbolchilar xususida ham so‘radik.

“Bu yigitlar bilan ikki yildirki, birga ishlayapmiz. Ularning o‘yinlari meni qoniqtiryapti. Asosiysi, mehnat qilishyapti, ishlayapmiz. Yaxshi saviyadagi futbolchilar sanalishadi”, - dedi bosh murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!