
Ertaga jang oldidan Kozimbek Mardonov tarozidan o‘tdi
Profescional boksda yaqindagina debyut qilgan Kozimbek Mardonov (1-0, 1KO) Toshkent vaqti bilan 7-mart tongida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. "Rivalta Boxing" promouterlik kompaniyasi tomonidan Amerika Qo‘shma Shtatlari Mayami shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida Mardonovga Abel Nikolas Adriel ( 23-20-3, 5KO) raqiblik qiladi. Jang o‘rta vazn toifasida (72kg) bo‘lib, 6 raund etib belgilangan. Bugun bokschilar jang oldidan vazn me’yorini bajardilar.
"Ertangi jangim oldidan vazn me’yorini ham bajarib oldim. Raqibim ancha tajribali bo‘lib, faoliyati davomida 46 marotaba ringga ko‘tarilgan. Jangga tayyorgarlik jarayonida buni hisobga olgan holda jiddiy ishladik. Xudo xohlasa, chiroyli g‘alaba bilan muhlislarni hursand qilmoqchiman", - dedi Mardonov jangi oldidan.
Eslatib o‘tamiz, Mardonov o‘zining debyut jangida Marselo Rubin Molinani 2-raundda muddatidan oldin mag‘lub etgan holda ilk g‘alabasini qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar