Erkin kurashchilarimiz Bishkekdan uchta medal bilan qaytishdi

CHERY AUTO

13 -14 iyun kunlari Qirg‘iztonning Bishkek shahrida erkin kurash bo‘yicha Kaba uulu Kojamkul xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Turnirda mezbonlar bilan bir qatorda Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston, Braziliya, Tojikiston, Turkiya, Rossiya va yurtimizdan mahoratli va yosh atletlar g‘oliblik uchun baxs olib borishdi. Musobaqada yurtdoshlarimiz uchta medalni qo‘lga kiritdi. 125 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Xasanboy Raximov barcha raqiblarini mag‘lub etib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 65 kg vaznda Temurbek Usmonoxunov bronza medalini qo‘lga kiritdi va nihoyat 62 kgda Jahongirmirzo Turobov ham uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Tecno

kurash1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!