
Eriksenning yuragi nega to‘xtab qoldi? Uning sobiq shifokori javob berdi!
Evropa chempionati uchrashuvida Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen bir o‘limdan qolgani hamon muhokama qilinmoqda. Bo‘lgan voqeaga “Tottenxem”ning sobiq shifokori Sanjay Sharma o‘z munosabatini bildirdi.
- Agar haqiqatan yurak-o‘pka reanimatsiyasi yuz berib, shifokorlar defibrillyatordan foydalangan bo‘lsa, Eriksenning yuragi to‘xtab qolgan. U to‘p tomon harakat qilayotgan edi, lekin oyoqlari o‘ziga bo‘ysunmadi va u yiqildi.
Yiqilgan paytdan yurakni qayta urishiga erishgunicha ketadigan vaqtda har bir daqiqada odamning ahvoli yomonlashib boraveradi. Agar reanimatsiya 5-6 daqiqa davom etsa, oddiy odam uchun natija dahshatli bo‘ladi. Eriksen futbolchi va uning qon aylanish tizimi yaxshi shakllangani qo‘l keldi.
Eriksen “Tottenxem”da o‘ynagan paytlari biz turli test va tekshiruvlar o‘tkazardik va salomatligida biror nuqson yo‘q edi. Bu erda esa, gap koronavirusda bo‘lishi mumkin. Bu virus yurakda mayda chandiqchalar hosil qiladi, - dedi professor Sharma.
Fikrlar