
Eriksen: "Maqsadim - mundialda munosib ishtirok etish"
"Brentford" klubi va Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen Niderlandiyaga qarshi o‘yindan so‘ng (2:4) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Aytishicha, u Qatardagi mundialda ishtirok etishni istaydi.
"Men hali ham yuqori darajada o‘ynay olishimni ko‘rsatib qo‘ydim, deb o‘ylayman. Bundan xursandman.
Hech qachon terma jamoadan ketish haqida o‘ylamadim. Qaytish men uchun ta’sirlanarli darajada hissiyot ulashdi.
Biroq so‘nggi 10 yil ichida deyarli hech qanday o‘yinni o‘tkazib yubormadim. Shu sababli, terma jamoadagilar bilan xuddi bir oiladekmiz.
Men Qatardagi JChni intiqlik bilan kutyapman. Unga qadar ko‘p o‘yinlar bor. Shu sabab e’tiborimni shu o‘yinlarga qaratganman. Shuni aytishim mumkinki, maqsadim - mundialda munosib ishtirok etish", - dedi daniyalik yarim himoyachi.
Fikrlar