Entso Mareska: "Asosiysi – yarim finaldamiz va jarohatlar yo‘q"

  • 18 aprel, 16:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska Konferentsiyalar ligasi yarim finaliga chiqishni ijobiy baholadi. Chorak finalning javob uchrashuvida "aristokratlar" o‘z maydonida "Legiya"ga 1:2 hisobida yutqazdi, biroq birinchi o‘yindagi 3:0 hisobidagi g‘alaba orqali keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Tecno

"Albatta, mag‘lubiyat bizga yoqmadi. Birinchi o‘yin natijasidan kelib chiqib, tarkibda rotatsiya qildik. Buni ortiqcha jarohatlarni oldini olish uchun qildik, chunki yakshanba kuni bizda "Fulxem"ga qarshi muhim uchrashuv bor.

Eng muhimi – biz yarim finaldamiz. Asosiy futbolchilarga dam berish imkoni bo‘ldi, jamoa jarohatlardan xoli – bu mavsum davomida biz uchun eng katta muammo edi. Endi esa hal qiluvchi pallaga etib kelganimizda hech qanday jarohat yo‘q – bu yaxshi xabar" – deya ta’rif berib o‘tdi londonliklar mutaxassisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!