
Enrike: "Biz "Liverpul"ga hujum qilamiz"
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichida "Liverpul" bilan bo‘ladigan o‘yin haqida fikr bildirdi.
"Men "Liverpul"ni juda yaxshi bilaman. Shubhasiz, bu jamoa hozir Evropadagi eng yaxshi formada, natijalar va o‘yin sifatiga qaraganda ham shunday. Bu o‘yin Chempionlar Ligasi finali bo‘lishi mumkin edi. Biz o‘z kuchli tomonlarimizni ishlatamiz. Himoyalanish niyatimiz yo‘q – biz hujum qilamiz", – dedi Enrike jurnalistlarga.
PSJ uchun "Liverpul" ga qarshi ilk uchrashuv uy maydonida bo‘lib o‘tadi. Jamoalar 5-mart, chorshanba kuni "Park de Prens" stadionida to‘qnash kelishadi.
Fikrlar