Eng zo‘r futbolchilar jamoasi tuziladi
Xalqaro professional futbolchilar assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFPro) 2025 yilning ramziy terma jamoasidan joy olishga nomzod futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Jami 26 charm to‘p ustasi kiritilgan ro‘yxatdan 3 noyabr kuni har bir pozitsiya bo‘yicha eng zo‘r 11 nafari tanlab olinadi.
Umumiy ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish oldi.
Darvozabonlar:
Alison Beker («Liverpul»), Tibo Kurtua («Real»), Djanluidji Donnarumma (PSJ, «Manchester Siti»).
Himoyachilar:
Trent Aleksander-Arnold («Liverpul», «Real»), Pau Kubarsi («Barselona»), Virjil van Deyk («Liverpul»), Ashraf Xakimi, Markinos, Nunu Mendesh (PSJ), Vilyam Saliba («Arsenal»).
Yarim himoyachilar:
Jud Bellingem, Federiko Valverde («Real»), Kevin De Bryoyne («Manchester Siti», «Napoli»), Luka Modrich («Real», «Milan»), Joau Nevesh, Vitinya (PSJ), Koul Palmer («Chelsi»), Pedri («Barselona»).
Hujumchilar:
Usmon Dembele (PSJ), Erling Xoland («Manchester Siti»), Kilian Mbappe («Real»), Lionel Messi («Inter Mayami»), Rafinya, Lamin Yamal («Barselona»), Krishtianu Ronaldu («An-Nasr»), Muhammad Saloh («Liverpul»).



Fikrlar