
Eng kamtar yulduz Ronaldu bilan xayrlashadigan bo‘ldi
Jahon futbolida kamtarinligi bilan ajralib turadigan Sadio Mane ayni paytda Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasida Krishtianu Ronaldu bilan yonma-yon to‘p tepmoqda.
“Liverpul” va “Bavariya”ning sobiq futbolchisida yana Evropaga qaytish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, 32 yoshli hujumchiga Italiya chempionatidan takliflar bo‘lyapti. Uni amaldagi chempion “Inter” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Sadio Mane aslida Frantsiyaning “Mets” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida Avstriyaning “Zaltsburg”, Angliyaning “Sautgempton” va “Liverpul”, Germaniyaning “Bavariya” klublarida o‘ynagan.
Tajribali to‘purar 2023 yilning yozidan beri “An-Nasr” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha davom etadi.
Fikrlar