Endrik Madridga yo‘l oldi
Transfer huquqi "Real"ga tegishli bo‘lgan Endrik bugun yangi klubi bilan shartnoma imzolash uchun Madridga tashrif buyuradi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, hujumchi va Florentina Peres uchrashuvi tashkil qilingan. Shuningdek, Endrik "Real"ning "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuvini ham tomosha qilish uchun stadionga keladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu transfer Madrid jamoasiga 35+25 million evroga tushgan. U 2024 yilning yozida klub tarkibiga kelib qo‘shiladi.



Fikrlar