Endi u “Chelsi”ga kerakmas

  • 27 may, 2022, 09:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, “Chelsi” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida hujumkor futbolchi Hakim Zieshga ruxsat berib yuborishga qaror qilgan. Agar jo‘yali taklif bo‘lsa, “aristokratlar” afrikalik futbolchi sotib yuboradi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Zieshga hozirning o‘zida “Atletiko” va “Yuventus”dan jiddiy qiziqish bo‘lyapti.

“Chelsi” marokashlik futbolchini ikki yil muqaddam “Ayaks”dan 40 million evroga xarid qilgan edi. 29 yoshli yarim himoyachi kutilgan samaradorlikka erisha olgani yo‘q.

Shu bois, londonliklar uni 30 million evrodan yuqori narx qiladigan klublarga sotib yuborishga tayyor. Yakunlangan mavsumda Ziesh 44 ta uchrashuvda sakkizta gol va oltita assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!