Endi "Surxon"ning uy o‘yinlarida ham takroriy lavhalar bo‘ladi. Chunki...

  • 11 sentabr, 2021, 10:23
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol muxlislari shu vaqtga qadar "Surxon" jamoasining uy uchrashuvlarida takroriy vaziyatlarni ko‘rish imkoniyati mavjud emas edi.

Tecno

Kuni kecha Surxondaryo MTRKga Litva davlatidan zamonaviy andozalarga javob beradigan ikkita PTS olib kelindi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Bu degani termizlik ishqibozlar endilikda jamoaning uy uchrashuvlaridagi xavfli vaziyatlarni takroran ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ayni paytda viloyat teleradiokompaniyasining katta ijodiy guruhi "Surxon" arena o‘yingohida texnik ishlarni olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Surxon" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi soat 16:45dan boshlab "Sport" va "Surxondaryo" telekanallari orqali jonli tarzda namoyish etiladi.

Mazkur uchrashuv yurtimizda joriy qilingan karantin qoida va me’yorlari sabab muxlislarsiz o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!