Endi OKMKda ikkita yaponiyalik futbolchi o‘ynaydi

  • 22 yanvar, 11:42
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OKMK jamoasi navbatdagi transferni e’lon qildi. Olmaliqliklar yaponiyalik Naoaki Senagani o‘z safiga qo‘shib oldi. 

Tecno

"Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan OKMK klubi selektsiya ishlarini jadallik bilan davom ettirmoqda. Jamoa qishki transferlar oynasida osiyolik hujumkor yarim himoyachi — Naoaki Senagani o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. 26 yoshli yapon futbolchisi markaziy chiziqlarda har bir pozitsiyada o‘zini mukammal namoyon qila olish qobiliyatiga ega.

177 sm bo‘yga ega bo‘lgan Senaga, faoliyati davomida Yaponiya, Chernogoriya va Vengriya chempionatlarida o‘zining yuqori darajadagi o‘yinlari bilan tanilgan. Uning so‘nggi jamoasi "Debrecen FK" klubi bo‘lib, o‘tgan mavsumda 34 ta o‘yinda maydonga tushgan. Shu davr mobaynida, ya’ni, Evropadagi faoliyatida u 9 ta gol urib, 3 bor golli uzatmalarni amalga oshirgan. Endilikda, OKMK FK va futbolchi o‘rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi.

OKMK FK rahbariyati, yangi futbolchimizning jamoaga qo‘shadigan salohiyati va yuqori darajadagi professional mahorati orqali klubimizning g‘alabalari va muvaffaqiyatlarini yanada mustahkamlashga, shuningdek, uning kelajakdagi o‘yinlarda jamoa o‘yiniga qo‘shadigan hissasi klub muvaffaqiyatlarini yanada yuksaltirishiga ishonch bildiradi", - deyiladi xabarda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!