Endi nima qilaman? O‘tirib yig‘layman!

  • 18 dekabr, 2024, 19:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi Markus Reshford murakkab ahvolga tushib qolgan. Ruben Amorim unga ishonch bildirmayapti, klub hujumchini transferga qo‘ydi, hali birorta jiddiy klub uni so‘ragani ham yo‘q.

Tecno

Ruben Amorim Reshfordni “Manchester Siti”ga uchrashuv qaydnomasiga kiritmagani keng muhokama qilinmoqda. Bosh murabbiyning bu qarori kelajakda 27 yoshli hujumchiga jamoada joy yo‘qligini ko‘rsatadi.

Markus Reshford Manchester derbisida ishtirok etmagani borasida o‘z qarashlarini bildirdi.

- Derbida qatnashmaganim alamli bo‘ldi, lekin boshga tushganni ko‘z ko‘radi. Biz uchrashuvda g‘alaba qozondik va endi yana olg‘a intilishda davom etishimiz kerak.

O‘yinga jalb qilinmaganim achinarli bo‘ldi, lekin yoshim ulg‘aygani sari omadsizliklarda qanday yo‘l tutish bo‘yicha tajribam oshyapti. Endi nima qilaman? O‘tirib yig‘layman. Yoki keyingi gal bor imkoniyatimni ishga solib harakat qilaman, - dedi Markus Reshford.

Reshford joriy mavsumda 24 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga sakkizta gol va uchta assist yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!