
Emotsiyalar taqdim etgan bahsda Portugaliya Gana ustidan g‘alaba qozondi
Jahon chempionatining 1-turidan o‘rin olgan Portugaliya va Gana terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga etdi. Mazkur bellashuvda Santush shogirdlari 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning 64-daqiqasida Krishtianu Ronaldu penaltidan goli urib, hisobni ochdi. Oradan 9 daqiqa o‘tib, Andre Ayyu muvozanatni tikladi. Keyin tezkorlik bilan portugallar ikkita gol bilan javob berdi: Felish va Leau o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Uyinning so‘nggi daqiqalarida Bukari o‘zining goli bilan hisobni qisqartirdi.
Fikrlar