Eldor Shomurodov "Yuventus"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

  • 22 mart, 2021, 20:23
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi. Ushbu yig‘inga bosh murabbiy aksariyat legionerlarimizni chaqirib, asosiy tarkibni shakllantirishga harakat qilmoqda.

Tecno

Italiyaning "Jenoa" klubi sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodov ham yurtimizga etib keldi. Shu fursatdan foydalanib, O‘FA matbuot xizmati hujumchimiz bilan intervyu uyushtirdi. Quyida ushbu suhbatning bir qismini e’tiboringizga havola etamiz.

Eldor Shomurodov: Terma jamoaning asosiy tarkibi uzoq vaqt bir erga jam bo‘lmagani uchun ham bizga ushbu yig‘in zarur edi

-Barchamizga ma’lumki, sizga "Yuventus"dan kichik qiziqish paydo bo‘lgan. Aytingchi, hozirgi holatingizda top klubga o‘tish vaqti keldimi?

"Hayot juda tez o‘tadi. Menimcha, imkon bo‘lishi bilan undan foydalanish lozim. Men raqobatdan hech qachon qo‘rqmaganman. Kuchli jamoaga o‘tgandan keyin zaxira o‘rindig‘iga o‘tirib qolishdan qo‘rqish noto‘g‘ri, deb hisoblayman. Nafaqat "Yuventus", balki istalgan top klubdan taklif tushsa, qabul qilishga tayyorman.

MTJda bosim yuqorimi yoki "Jenoa"da? Shomurodov javob berdi

-"Rostov"da o‘ynab yurgan paytlaringizda, sizga nemis klublaridan takliflar borligi haqida gap-so‘zlar tarqalgandi. O‘zi "Jenoa"ni tanlashingizda qaysi jihat eng katta rol o‘ynagan?

"Agentlarim bilan gaplashgan paytimda, ular menga "Jenoa"ning afzalliklari haqida aytib bergan edi. Birinchi navbatda, ular ko‘p hujumchilar etishtirib bergan va katta klublarga transfer qilgan. Ikkinchidan, ular yaxshi futbolchini uzoq vaqt davomida ushlab turmaydi. Yaxshi variant chiqdimi, darhol qo‘yib yuborishadi. Shuningdek, Genuyada futbolga qiziqish yuqori darajada. Birgina "Sampdoriya" - "Jenoa" derbisining o‘zi Italiyaning eng tarixiy derbilaridan biri sanaladi".

Shomurodovga tanlash imkoniyati berilganida, u kimni "Jenoa"ga tavsiya qilgan bo‘lardi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!