Eldor Shomurodov va Dzyuba RPL birinchi davrasining eng yaxshi hujumchilari deb topildi

  • 5 noyabr, 2019, 17:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor 15-turdan so‘ng Rossiya premer-ligasida birinchi davra yakunlandi.

Tecno

Dunyoga mashhur WhoScored sayti RPLning birinchi davrasi ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi. E’tiborlisi, ushbu tarkibdan “Rostov”dagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham joy oldi.

Darvozabon: Soslan Janaev ("Sochi"); 

Himoyachilar: Vladislav Ignatev ("Lokomotiv"), Samyuel Jigo ("Spartak"), Dmitriy Chistyakov ("Rostov"), Duglas Santos ("Zenit");

Yarim himoyachilar: Nikola Vlashich (TsSKA), Vanderson ("Krasnodar"), Magomed Ozdoev ("Zenit"), Zelimxan Bakaev ("Spartak"); 

Hujumchilar: Artyom Dzyuba ("Zenit"), Eldor Shomurodov ("Rostov").

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov hozircha 10 ta gol bilan premer-liga to‘purarlar jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Uning jamoasi esa birinchi davrani 2-o‘rinda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!