Eldor Shomurodov: “Biz Jahon chempionatida qo‘limizdan kelgancha uzoqroqqa bormoqchimiz”
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov "MATCh TV" kanaliga bergan intervyusida jamoaning Jahon chempionatidagi maqsadlarini ma’lum qildi.
"Biz, albatta, tayyorlanyapmiz. Yangi murabbiyimiz bilan mashg‘ulotlar qiziqarli o‘tmoqda. Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida sizning termangizda ham ko‘p narsalar o‘zgargandi, ayni vaqtda bizda ham shunday jarayon kechyapti. Hamma bizdan xursand va bizga avvalgidan ko‘proq muxlislik qilishyapti.
Biz qo‘limizdan kelganicha uzoqroqqa bormoqchimiz va birinchi navbatdagi maqsadimiz — guruhdan chiqish.
— Demak, AQShga shunchaki rohat olish uchun bormayapsizlar va sizlarda aniq maqsad bor?
— Xuddi shunday. Biz shunchaki ishtirok etish uchun bormayapmiz. O‘zbekiston futbolini ham jahonga namoyish qilmoqchimiz", — dedi Eldor.



Fikrlar