Eldor Shomurodov: "Abraxam bilan raqobatimiz..."

  • 17 mart, 2022, 09:10
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz eksklyuziv intervyularni taqdim etishda davom etadi. Bu safar Rimning "Roma" klubi futbolchisi - Eldor Shomurodov muxlislarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Videointervyu davomida "Roma" a’zosi bildirilgan fikrlarni saytimiz o‘quvchilariga qulay bo‘lishi uchun yozma versiyasini e’tiboringizga havola etamiz.

"Roma" jamoasiga to‘liq moslasha oldingizmi?

Tecno

- Hammasi yaxshi, Yaratganga shukur. Moslashib bo‘ldim, deb ayta olaman. Jamoadoshlarim bilan yaxshi chiqishib ketdik.

Joze Mourino sizni ko‘proq zaxirada qoldirayotgani nima bilan bog‘liq?

- Bu murabbiyning qarori. Shu bois, nimadir deyishim mushkul. Shunga qaramay, menga berilgan vaqtda o‘zimni yaxshi tomonlarimni ko‘rsatishga harakat qilyapman. Qolgani murabbiyning qo‘lida. Tarkibni Joze tanlaydi. Men qo‘limdan kelgan barcha ishni qilyapman.

Terma jamoamiz JChning final bosqichiga yo‘l olmagach, umuman yangi ko‘rinish olmoqda. Bu jamoaning potentsialini qanday baholaysiz?

- Barchamiz birga harakat qilyapmiz. Yigitlarning aksariyati endigina milliy jamoada ko‘rinish berishni boshlagan. Ular hali yosh. Ko‘proq to‘p tepib, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirib olishi kerak. Potentsial bor. Bizda o‘z ustimizda ishlash uchun etarlicha vaqt bor. Avlodlar almashinuvini amalga oshirib, yangi jamoa qurish mumkin. Bu futbolimiz uchun katta plyus bo‘ldi.

4848484

Nobel Arustamyan siz bilan intervyu qilish uchun Italiyaga borganida, siz italyanchani o‘rganayotgan edingiz. Bu jarayon qanday ketmoqda?

- Rimga ko‘chib o‘tgach, o‘qituvchim bilan ishlashni imkoni bo‘lmayapti. Hozir asosan, futbolchilar bilan suhbatlashib o‘rganishga harakat qilyapman. Ochig‘i, ancha italyanchani tushunib qoldim. So‘zlashishda muammolar bo‘lishiga qaramay, ro‘paramdagi insonni nima haqida so‘zlayotganini anglay olaman.

Kelajakdagi rejalaringiz qanday? "Monako" yo "Sevilya"ga ko‘chib o‘tishingiz haqidagi mish-mishlar rostmi?

- Hozir faqat "Roma"dagi faoliyatim haqida o‘ylayapman. Nima bo‘lishini oldindan aytish mushkul. Hammasi Yaratganga ayon. Asosiy maqsadim - o‘z o‘yinim bilan "bo‘rilar" safidagi o‘rnimni topish. Qolgani haqida o‘ylaganim yo‘q.

Temmi Abraham bilan raqobat o‘zaro munosabatlaringizga qanday ta’sir qildi?

- O‘zaro aloqalarimizga hech qanday ta’sir qilmagan. Futboldan tashqari hayotda ancha yaxshi chiqishamiz. Tez-tez suhbatlashib turamiz. Bu omil munosabatlarimizga umuman ta’sir ko‘rsatmaydi.

"Roma"dagi eng qalin do‘stingiz kim?

- Ko‘proq, Genrix Mxitaryan. Sababi, u bilan ko‘proq muloqotda bo‘laman. Rus tilida so‘zlashgani bois bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Shu bois, aynan u "Roma"dagi eng qalin do‘stimga aylangan.

54545521212

"Jenoa" jamoasini kuzatib boryapsizmi?

- Albatta, kuzatib boryapman. Klub ancha murakkab ahvolda qolgan. Murabbiy almashgach, endi vaziyatni o‘nglashadi, degan umiddaman.

Terma jamoa sardoriga aylanganingizdan so‘ng terma jamoa muxlislari sizdan ko‘proq narsa kutmoqda. Bosimni engib o‘tishga tayyormisiz?

- Hech kim sardor bo‘lib tug‘ilmaydi. Mas’uliyatni his qilib turibman. Muxlislarimiz oldidagi vazifam nima ekanligini sezib turibman. Bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman. Gap nima haqida borayotganini juda yaxshi tushunib turibman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!