Eldor Moyliev: "O‘tkazib yuborilgan gollardan keyin futbolchilarda ishonch yo‘qolib qolyapti-da"

  • 12 sentabr, 08:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 21-turidan o‘rin olgan “Mash’al” - “Sho‘rtan” (2:1) uchrashuvidan keyin g‘uzorliklar ustozi Eldor Moyliev matbuot anjumanida qatnashdi.

Tecno

- Ko‘rdinglar, o‘yin boshlarida vaziyatlar yaratdik, foydalana olmadik. Ikkita xatoimizdan qarshi hujumda gol o‘tkazib yubordik. Harakat qildik, baribir foydasi bo‘lmadi.

- O‘yinda VAR ishlamaganligiga e’tirozingiz bormi?

- Rostini aytsam, VAR bo‘lishi kerak edi, bu o‘yinda. Ammo ishlamaganidan xabarim yo‘q.

- “Sho‘rtan” so‘nggi daqiqalarni finaldek o‘tkazdi. Nega jamoaga g‘alaba kerak bo‘lsa, boshidan shunday o‘ynamadi?

- Boshidan harakat qilinglar deb doim aytyapmiz. Yaxshi boshlagandik. O‘tkazib yuborilgan gollardan keyin futbolchilarda o‘ziga ishonch yo‘qolib qolyapti-da. Vaziyatlarimiz bo‘lgandi.

- Qaysi klubga yuqori baho berasiz?

- Shunaqa futbol bo‘ldiki, “Mash’al” xatolarimizdan foydalanib ketdi. Tartibli himoyalandi. Yutgan jamoa baribir 5 oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!