
Eldor eshityapsanmi, maydonda “yaxshi bola” bo‘lish yaramaydi!
Angliyalik Temmi Abraxam va o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov taniqlik murabbiy Joze Mourino “Roma”ni qabul qilib olganidan keyin portugaliyalik mutaxassis tomonidan jamoani kuchaytirish maqsadida transfer qilingan hujumchilar hisoblanadi. Bungacha Temmi Abraxam “Chelsi”da to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan edi. U so‘nggi ikki mavsum davomida “aristokratlar” safida jami 56 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 21 ta gol yozdirib qo‘ygandi.
Eldor Shomurodov kuchli beshlik chempionatlaridagi debyut mavsumida “Jenoa” uchun A Seriyada 31 ta bellashuvda ishtirok etib, raqib darvozabonlarini sakkiz marotab ojiz qoldirgandi.
Katta salohiyatga ega ikki hujumchini Joze Mourino “Roma”da birlashtirdi.
Temmi Abraxam jurnalistlarga bildirgan fikr-mulohazalari davomida “Roma”dagi ustozi Joze Mourinoga qanday hislatlarga ega forvardlar kerakligini, murabbiy ularni dahshatli hujumchiga aylantirmoqchi ekanini aytdi.
- Joze Mourino meni “monstr” bo‘lishga o‘rgatmoqda. U meni o‘yinlarda ko‘proq tajovuz va jahl ko‘rsatishim kerakligini uqtirmoqda.
Maydonda “yaxshi bola” bo‘lish, yaxshi hislatlarni namoyish qilish yaramaydi, balki xarakter va kuch-qudratni namoyish qilish kerak. Himoyachilarni aldab o‘tishning o‘zi etarli bo‘lmaydi, ularni kurashda tiz cho‘ktirish kerak, ularning ko‘ngliga qo‘rquv solish shart. Mourinoning bunaqa maslahatlari va ko‘rsatmalaridan so‘ng, hujumchi sifatida kuchayib boryapmiz.
Italiyaga kelganimning yana bir plyus tomoni shundaki, umuman boshqa o‘yin uslubini o‘rganyapman. Bu o‘z o‘zidan tajribamni oshishiga xizmat qiladi va Angliya terma jamoasi safidan o‘rin olib, jahon chempionatida ishtirok etishimni ta’minlaydi.
Men hali ko‘p narsalarni o‘rganishim kerakligini yaxshi tanglayman, shu bilan birga boshqalardan ularning eng yaxshi jihatlarini o‘zlashtirishga ham harakat qilaman. Masalan, Harri Keyndan o‘rganaman. U jahon darajasidagi yulduz va maydonda har qanday ishni uddalay oladi. Aynan shu hujumchi men uchun asosiy namuna hisoblanadi, - deydi Temmi Abraxam.
Italiya futbolini kuzatib borayotgan ko‘p mutaxassislar Temmi Abraxamning hujumdagi sherigi Eldor Shomurodovga ham hujumchi sifatida tajovuz va jahl etishmasligini ta’kidlab keladi. Joze Mourino Abraxamga aytgan gaplaridan Shomurodovning xabari borligi aniq. Demak, portugaliyalik mutaxassis har ikki futbolchini mukammal forvarlarga aylashtirishga umid qilsak bo‘ladi.
Eldor Shomurodov joriy mavsumda A Seriya va UEFA Konferentsiyalar ligasida jami 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 580 daqiqa o‘ynadi va o‘z hisobiga ikkita gol hamda beshta golli pas uzib qo‘ydi.
Temmi Abraxam esa asosiy hujumchi sifatida ko‘proq o‘yin vaqtiga ega bo‘ldi. Angliyalik hujumchi “Roma” kelganidan beri milliy chempionat hamda xalqaro miqyosdagi 17 ta bellashuvda 1235 daqiqa harakat qildi, bash marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilib, jamoadoshlariga ikkita golli pas uzatdi.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, Temmi Abraxam A Seriyada har bir golga o‘rtacha 339 daqiqa sarflamoqda. Konferentsiyalar ligasida bu ko‘rsatkich 77 daqiqani tashkil qilyapti. Eldor Shomurodov Italiya chempionatidagi goli o‘rtacha 253 daqiqaga to‘g‘ri keldi. Xalqaro turnirda esa bu ko‘rsatkich 107 daqiqaga teng.
Shuningdek, Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasida 2015 yildan beri jami 52 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 23 marotaba yo‘l topa olgan. Temmi Abraxam endi-endi Angliya terma jamoasining asosiy tarkibiga kiritilmoqda. Angliyalik hujumchi 2017 yildan beri mamlakati bosh jamoasi uchun 9 ta bellashuvda qatnashib, bir juft gol muallifi bo‘ldi.
Mourino “Bavariya”ga o‘tganida Shomurodovni Myunxenga olib ketarmidi?
“Roma”da katta tozalash boshlandi. Mourino to‘qqiz futbolchidan voz kechdi
Shomurodov bir ko‘rsatkich bo‘yicha “Roma”da etakchi yoxud Mourino qanday xatoga yo‘l qo‘ydi?
“Roma” muxlislari: Shomurodov superfutbol qanday bo‘lishini ko‘rsatdi!
Mourino eshityapsanmi, bu futbolchi Rimga bormaydi!
Shomurodov va uning muxlislari xursand bo‘ladigan xabar!
Fikrlar