“El-klasiko”da “Barsa”ga qaysi o‘yinchi etishmaganini aytishdi
“Real”ning sobiq futbolchisi Toni Kroos Ispaniya chempionatining o‘ninchi turidan o‘rin olgan “el-klasiko”da kataloniyaliklarga qaysi futbolchi etishmaganini aytdi.
Ma’lumki, chempionatning eng keskin va murosasiz uchrashuvida “Real” amaldagi chempion ustidan 2:1 hisobida zafar quchib, joriy mavsumda peshqadamlik mavqeini mustahkamlab oldi.
- “Barselona” uchun eng muhim o‘yinchi Inigo Martines ekanini men avval ham aytganman. U himoyadan chiqishni eng zo‘r tashkil qilib beradigan himoyachi edi. To‘g‘ri, unga tezlik etishmasligi bor gap, lekin uning birinchi pasi har doim zo‘r bo‘lgan.
“Real” bilan o‘yinda Martnesning yo‘qligi yaqqol sezildi. “Barselona” pressing ostida qolib ketdi va juda qiynaldi. Kataloniyaliklar Inigoning o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi topa olmagan ekan, - dedi Toni Kroos.
Markaziy himoya pozitsiyada o‘ynab kelgan Inigo Martinas chempionlik mavsumidan keyin “Barselon”ni tark etib, Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubiga o‘tib ketgan edi.



Fikrlar