
EKL. "Roma" Angliyadan durang bilan qaytadigan bo‘ldi
Evropa Konferentsiyalar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Lester" - "Roma" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, 15-daqiqada Lorentso Pellegrini hisobni ochdi. 67-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Lukman muvozanatni tikladi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur jamoalar o‘rtasidagi javob bahsi 6 may sanasida o‘tkaziladi.
Fikrlar