EChLda hafta futbolchisi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi

  • 26 noyabr, 2020, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy hafta Chempionlar ligasi guruh bosqich 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. UEFA rasmiy sayti EChLning hafta futbolchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, ushbu nom uchun Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted"), Jeydon Sancho ("Borussiya D"), Robin Gosens ("Atalanta") va Dushan Tadich ("Ayaks") da’vogarlik qilmoqda.

Fernandesh "Istanbul"ga (4:1) qarshi kechgan o‘yinda dubl qayd etdi, Sancho "Bryugge"ga (3:0) qarshi o‘yinda gol urishdan tashqari jamoasining yana bir goliga assistentlik qildi, Gosens "Liverpul" (2:0) darvozasini ishg‘ol qildi, Tadich esa "Midt’yulland"ga (3:1) qarshi o‘yinda ikkita golga assistentlik qildi.

Ovoz berish jarayoni UEFA rasmiy saytida davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!