
EChL. Yil ramziy terma jamoasi e’lon qilindi (foto)
UEFA Chempionlar ligasi matbuot xizmati mavsum ramziy terma jamoasini taqdim etdi. Ushbu tarkibdan chempion “Real” va vitse-chempion “Liverpul”ning 4 nafardan futbolchisi o‘rin oldi. Shuningdek, “Chelsi”, PSJ va “Manchester Siti” futbolchilari ham ramziy terma jamoaga kiritildi.
Darvozabon: Tibo Kurtua
Himoyachilar: Trent Aleksandr-Arnold, Antonio Ryudiger, Virjil van Deyk, Endryu Robertson.
Yarim himoyachilar: Kevin de Bryuyne, Luka Modrich, Fabino
Hujumchilar: Vinisius Junior, Karim Benzema, Killian Mbappe.
Eslatib o‘tamiz, yakuniga etgan Chempionlar ligasida "Real" g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Finalda “qaymoqranglilar” “Liverpul”ni 1:0 hisobida mag‘lub etishdi.
Fikrlar