
EChL. "Real" futbolchisi "Bavariya", "Siti", "Chelsi"dagi raqiblaridan ustun keldi
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich Evropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
35 yoshli xavbek 1/8 finaldan o‘rin olgan "Atalanta"ga qarshi uchrashuvda to‘liq harakat qildi va 94 foiz aniq pas amalga oshirdi. Shuningdek, Benzemaning goliga hammualliflik qildi. Ushbu bahsda uning jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Sovrin uchun Kevin De Bryuyne ("Manchester Siti"), Ngolo Kante ("Chelsi") va Joshua Kimmix ("Bavariya") kabi futbolchilar ham kurash olib bordi.
Fikrlar