
EChL: Pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan yana ikki klub nomi ma’lum bo‘ldi
Bugun oqshomda Chempionlar ligasi 5 tur o‘yinlariga start berildi. C guruhida "Portu" o‘z maydonida "Manchester Siti" ni qabul qilib golsiz durangga imzo chekdi. Ikkinchi o‘yinda esa "Marsel" "Olimpiakos"ni mehmonda mag‘lub etdi va portugaliyaliklarni keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga ko‘maklashib yubordi.
D guruhida "Liverpul" o‘z uyida "Ayaks" ni mag‘lubiyatga uchratib, guruhdan chiqish masalasini muddatidan oldin hal qildi.
Bungacha "Barselona", " Bavariya", "Manchester Siti", " Chelsi", "Sevilya" va " Yuventus" klublari pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan edi.
Fikrlar