
EChL. "Napoli" o‘z maydonida "Liverpul"ni "tiz cho‘ktirdi"
UEFA Chempionlar ligasi 1-turi "A" guruhi doirasidagi "Napoli" - "Liverpul" uchrashuvi yakunlandi. Qiziqarli va gollarga boy bo‘lgan bellashuvda nepolliklar yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Napoli"ning gollariga Zelinski (dubl", Angissa va Simeone mualliflik qilgan bo‘lsa, mersisaydliklarning yagona goli Luis Dias nomiga yozildi.
Shu tariqa "Livepul" birinchi turni yirik hisobdagi mag‘lubiyat bilan boshladi. "Napoli" esa guruh peshqadamiga aylanib oldi.
Fikrlar