EChL. “Manchester Siti” “Bazel”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

  • 14 fevral, 2018, 02:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina EChL 1/8 final bosqichi dastlabki o‘yini – Shveytsariyaning “Bazel” hamda Angliyaning “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi.

Tecno

Ushbu o‘yinda “shaharliklar” Ilkay Gyundogan (2 ta), Bernardu Silva hamda Serxio Aguerolar tomonidan kiritilgan gollar evaziga 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Manchesterdagi javob uchrashuvi esa 7 mart sanasida bo‘lib o‘tadi.

EChL. 1/8 final. Dastlabki o‘yin

“Bazel” (Shveytsariya) – “Manchester Siti” (Angliya) 0:4 (0:3, 0:1)

Gollar: 0:1 – 14 Gyundogan, 0:2 – 18 Bernardu Silva, 0:3 – 23 Aguero, 0:4 – 53 Gyundogan.

“Bazel” – Vatslik, Suxi, Riveros, Lang, Lakrua, Die, Djaka, Elyunussi (Byua, 85), Fray, Shtoker (Ayeti, 71), Oberlen.

“Manchester Siti” – Ederson, Otamendi, Kompani, Uoker, Delf, Gyundogan, Fernandino, Bernardu Silva, de Bryuyne (Silva, 63), Sterling (Sane, 57), Aguero (Danilo, 85).

Ogohlantirishlar: Djaka (38), Fernandino (59), Die (89), Gyundogan (89).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!