EChL. Guruh bosqichidagi ayrim raqamlar bilan tanishing!

  • 14 dekabr, 2023, 04:43
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi guruh bosqichi o‘z nihoyasiga etdi. Shu bilan birga, pley-offga yo‘l olgan jamoalar nomi ham ma’lum. Biz esa guruh bosqichidagi ayrim raqamlar bilan sizni tanishtirmoqchimiz. 

Tecno

Gollar

Futbolchilar orasida eng ko‘p golni Alvaro Morata, Antuan Grizmann ("Atletiko"), Rasmus Xoylund ("Manchester Yunayted") va Erling Xolland (Manchester Siti") urgan. Mazkur hujumchilarning hammasi 5 martadan darvozani ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. 

Klublar orasida eng ko‘p golni "Manchester Siti" kiritgan. "Shaharliklar" 18 bor raqiblarini ranjitdi. Undan keyingi o‘rinlarda esa "Atletiko" (17 ta), "Real" va "Arsenal" (16tadan) va "Portu" (15ta) jamoalari egallab turibdi. 

Celtic 2-2 Atletico Madrid: Alvaro Morata rescues point for 10-man Atleti  at raucous Celtic Park - Eurosport

Eng yaxshi assistentlar

Sherigiga eng ko‘p goli pas bergan futbolchi bu Bukayo Saka ("Arsenal"). Vinger 4 marta o‘z hisobiga assist yozdirib qo‘ydi. Shu bilan birga, Ilkay Gyundogan ("Barselona"), Ivan Rakitich ("Sevilya"), Jud Bellingem ("Real"), Riko Luis ("Man Siti"), Xarri Keyn ("Bavariya"), Zair-Emeri (PSJ) va yana bir nechta o‘yinchilar 3 tadan assistentlik qildi. 

Gol+pas

Gol+pas tizimida eng ko‘p ballni Jud BellingemXarri KeynBukayo SakaVenderson Galenolar to‘pladi. Bu futbolchilarning barchasi 7 tadan golda ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi. 

Jude Bellingham admits he gets 'goosebumps' after scoring late Real Madrid  winner in Champions League - Eurosport

Omadsizlar

Eng ko‘p gol ura olmagan, ya’ni yaxshi imkoniyatdan foydalana olmagan futbolchi bu Erling Xoland. Norvegiyalik strayker 10 ta golli vaziyatni ko‘kka sovurgan. Undan keyingi o‘rinda Killian Mbappe va Mauro Ikardilar turibdi. Ular 6 martadan xatoga yo‘l qo‘ygan. 

Champions League top scorers 2023/24: Erling Haaland, Álvaro Morata and  Rasmus Højlund lead the way | UEFA Champions League | UEFA.com

Quruq o‘yinlar

Guruh bosqichida nolli o‘yin o‘tkazgan darvozabon Aleks Remiro bo‘ldi. "Real Sosedad" posboni 4 ta uchrashuvda o‘z darvoza daxlsizligini saqlab qoldi. Shuningdek, Gregor KobelDavid Raya va Yann Zommerlar 3 martadan quruq o‘yin o‘tkazishdi. 

Kartochkalar

Eng ko‘p sariq kartochka Yunus Musaga ko‘rsatildi. "Milan" a’zosi 4 marta ogohlantirilgan. Klublar orasidan eng ko‘p sariq kartochka "Lans" futbolchilariga ko‘rsatilgan (23 ta). Eng ko‘p chetlashtirish esa "Benfika" himoyachisi Antoniu Silvaga tegishli. Futbolchi ikki marta qizil kartochka olishga ulgurdi.

Manchester United target given bizarre red card in 2-0 defeat

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!