EChL finalida o‘ynagan va Frantsiya terma jamoasiga chaqirilgan yigit hikoyasi!

  • 9 iyun, 2022, 02:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Ibrohim Konate Frantsiya terma jamoasi safiga ilk bora chaqirildi. U qiyin mavsumdan keyin jamoaga qanday moslashgani haqida gapirib berdi. Shuningdek, o‘z kumerlari kim ekanligi, Van Deykning himoyalanishdagi siri hamda o‘zi namoyish etayotgan o‘yin borasida fikr bildirdi. Ushbu qiziqarli hikoya yoki intervyu sizni hayron qoldirishi aniq. 

Qo‘ng‘iroqda: Men Gretsiyada do‘stlarim bilan qayiqda edim. Biz juda xursand edik. Telefonimni topganimda, ikkita o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqni ko‘rdim. Raqamni bilmaganim uchun qayta qo‘ng‘iroq qilishga qaror qildim. Bu ajoyib! Do‘stlarim raqsga tushishdi va men buni darhol oilamga ayta olmadim. To‘g‘risi, juda xursand bo‘ldim. Bu erdagilar meni juda yaxshi kutib olishdi. Ko‘pchilikni uzoq vaqtdan beri bilaman. 

konate

Charchoq haqida: Menga biroz qiyinroq, ammo Chempionlar ligasi finalida o‘ynadim. Shu sababli ham menda ritm bor. Tayyormanmi yoki yo‘q, bu mening tanlovim emas. Voqealar ketma-ketligini hazm qilish oson bo‘lmadi. Ayniqsa, emotsiyalarga boy mavsumdan so‘ng. 

konate2

Jahon chempionati haqida: Chempionlar ligasi finalidan so‘ng Jahon chempionatida o‘ynash bu mening orzuim ekanligini aytgandim. Biroq niyatim bu qadar tez amalga oshadi, deb o‘ylamagandim. Qatardagi Mundialda shu jamoa bilan bo‘lish uchun yana ham ko‘proq mehnat qilmoqchiman. Men o‘zimga bosim o‘tkazmayman. Sababi, mavsum Mundialdan avval boshlanadi. 

Ibrahima-Konate-contre-Villarreal-1406530

Kumerlar haqida: Himoyachilar orasida Serxio Ramos hamda Van Deykni o‘yinlarini yoqtiraman. Ramos haqiqiy devor! Uning mashg‘ulotlarga birinchi bo‘lib kelishi va oxirgi bo‘lib ketishi haqida bergan intervyusi esimda. Shuningdek, Frantsiya terma jamoasidagi hamma. Terri Anri va Zidanni ham ta’kidlab o‘tish lozim. O‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsam, terma jamoa libosida to‘p tepaman, deb o‘ylamasdim. Bu hayotda shunchaki yashang, lekin ko‘p ham orzu qilavermang. 

henry

"Liverpul" haqida: Menga "Liverpul"da nafaqat Van Deyk, balki, butun jamoa yoqadi. Matip, Jo Gomes kabi tajribali yigitlar bilan birga to‘p tepaman. Virjil ayni vaqtda dunyoning eng zo‘r himoyachisi. U menga juda ko‘p maslaxatlar beradi. Shuningdek, o‘z o‘yinimni o‘ynashimga imkon beradi. Qisqa qilib aytganda, u menga ishonadi. Umuman bu erda hammadan oldin bilmagan narsalarimni o‘rgandim. "Leyptsig"da bo‘lgan paytimda Nagelsmann qo‘l ostida baland himoya chizig‘ida to‘p tepganman. Shunday bo‘lsa ham, bu mavsum o‘zim uchun juda ko‘p yangi narsalarga duch keldim. Misol tariqasida, men tez-tez statistikaga qarayman va Virjil o‘yinlarda mendan kamroq yugurganini ko‘raman. Avvaliga hayron qoldim. So‘ngra tushunib etdimki, bu uning aql-zakovatidan dalolat. Uchrashuvdagi muhim pallalar uchun kuch saqlashni undan o‘rganish zarur. 

vandijk

O‘yinlarni tomosha qilish haqida: Avvallari futbol uchrashuvlarini kuzatmasdim. "Leyptsig"dagi yigitlar buning uchun meni ayblashardi. Ayniqsa, Mukiele. "Liverpul"ga kelganimdan so‘ng Van Deyk aytardi: "Bu futbolchi mana bunday o‘ynaydi, boshqasi esa bunday". U ko‘plab bellashuvlarni tomosha qilar va kim nima qila olishini aniq bilardi. Endi men ham raqiblarimni kuzatib boraman.    

konnate

O‘yinidagi afzalliklar haqida: Tizim bo‘lishidan qat’i nazar, men o‘zimda qandaydir afzalliklar bor deya olmayman. "Leyptsig"da odatda 3 ta himoyachi sxemasida harakatlanardik. Mersisayd klubi 4 himoyachi bilan o‘ynaydi. Shu tufayli, har bir taktik sxemada o‘z vazifalarim bor. Hamma erda bo‘lgani kabi bu erda ham o‘ziga xos raqobat mavjud. Mazkur holat diqqatimizni jamlashga va o‘sishimizga yordam beradi. Kuchli raqobat bo‘lsa, unda tarkibda juda yaxshi o‘yinchilar bor. Top futbolchilarning ko‘pligi saviyadan dalolat. Albatta, bu Frantsiya terma jamoasida o‘z o‘rnimga ega bo‘lishim uchun ham foydadan holi emas. 

kloppo



Xudayqulov Karim tarjimasi

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!