EChL. "Bavariya"dan gollar shousi, Levandovskidan esa rekord natija!

  • 9 mart, 2022, 02:53
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Bavariya" - "Zaltsburg" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar yirik 7:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Myunxenliklar safida Levandovski xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Myuller dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Gnabri hamda Sane ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Avstriya klubi safida Kergor yagona golga mualliflik qildi. 

12, 21 va 23-daqiqalarda gol urgan polshalik hujumchi Evropa chempionlar ligasi tarixida eng tezkor xet-trik qilgan futbolchiga aylandi. 

Shu tariqa, Nagelsmann shogirdlari EChL chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasidagi ilk bellashuvda 1:1 hisobi qayd etilgandi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!