Dzyudochilarimizni yana Parij kutmoqda!

CHERY AUTO

Dzyudo olamida yangi mavsum boshlanishiga oz fursat qoldi. 1-2 fevral kunlari Frantsiyada Parij “Katta dubulg‘a” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Unda dunyoning 50 ga yaqin mamlakatidan 250 nafardan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Shu jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham mazkur musobaqada qatnashishadi, deb xabar tarqatdi  olympic.uz sayti.

Manbaning ma’lum qilishicha, bu yilgi Parij turnirida 3 nafar sportchimiz: Bahrom Boturov (-60 kg), Shahram Ahadov (-73 kg) va O‘tkirbek To‘raboev (+100 kg) medallar uchun kurash olib boradi.

Mazkur musobaqa doirasida dzyudo olamida 2024 yil laureatlari ham aniqlab olinadi.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan joriy etilgan nominatsiyalarning 5 tasida o‘zbek dzyudosiga doir nomzodlarni uchratish mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!