
Dzyudochilarimiz Tbilisi "Katta Dubulg‘a" turnirini 2 ta medal bilan yakunlashdi!
Xabaringiz bor, 22-24 mart kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahri dzyudo bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turniriga mezbonlik qildi. Uch kun davomida dunyoning 5 qit’asi 83 davlatidan kelgan 531 nafar dzyudochi musobaqa medallari hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqdi.
O‘zbekiston terma jamoasining 18 nafar a’zosi ham Tbilisi tatamilarida o‘z mahoratini namoyish etdi. Ilias Iliadis shogirdlari yakunda ikkita kumush medal bilan umumjamoa hisobida 83 davlat orasida 12-o‘rinni egalladi. Sardor Nurillaev (-66 kg) va Sharofiddin Boltaboev (-81 kg) terma jamoamizga kumush medallarni taqdim etishdi.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati!
Fikrlar