Dzyudo. Vakillarimiz Abu-Dabi "Katta dubulg‘a" turinirini 2 ta bronza bilan yakunladi

  • 14 oktabr, 2024, 17:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri o‘z yakuniga etdi. Musobaqaning so‘nggi kunida og‘ir vazn toifalaridagi bahslar tashkil etildi. 

Tecno

Unda yurtdoshlarimizdan +100 kg vaznda kurashgan O‘tkirbek To‘raboev bronza medali sohibiga aylandi. Polvonimiz uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda neytral maqomdagi atlet Tamerlan Bashaevdan ustun keldi va ilk bor mazkur tasnifdagi turnirda medal qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqani 2 ta bronza medali bilan yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, turnirning ilk kunida Muhriddin Tilovov (-66 kg) ham shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!