Dzyudo. Toshkent harbiylar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

  • 13 iyun, 2024, 20:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Poytaxtimiz joriy yil yana bir muhim musobaqaga mezbonlik qiladi. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, 14-20 oktyabr kunlari poytaxtimizda dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasidagi 42-jahon chempionatini tashkil etiladi.

Tecno

Bo‘lajak dunyo birinchiligida 5 qit’aning eng kuchli harbiy dzyudochilari raqobatlashadi. Bugun O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida Xalqaro harbiylar sporti kengashi (CISM) va Mudofaa vazirligi rahbariyati bilan mazkur musobaqaning tashkiliy ishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilib, tayyorgarlik bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Ma’lumot uchun, 2023-yil Dominikan Respublikasida tashkil etilgan harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida dzyudochilarimiz 2 tadan oltin va kumush medallarga egalik qilishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!