
Dzyudo. Olimpiadaga boradigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi
Xabar berganimizdek, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Parij-2024 Olimpiadasi uchun saralash tsikli yakunlanligini e’lon qilib, butun dunyodan 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etadigan sportchilar nomini ma’lum qildi. Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasi ham o‘z tarixida ilk bor 12 ta (7 ta erkaklar, 4 ta ayollar va 1 aralash jamoaviy) yo‘llanmaga sazovor bo‘ldi va o‘zining eng yaxshi natijasini yangiladi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini quyidagi sportchilar himoya qiladi:
Erkaklar:
-60 kg: Doston Ro‘ziev
-66 kg: Sardor Nurillaev
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboev
+100 kg: Alisher Yusupov
Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva
Fikrlar