Dzyudo Gran-prisida bugun 4 ta medal qo‘lga kiritdik

CHERY AUTO

Toshkentda dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasining ikkinchi kun bellashuvlari o‘z yakuniga etdi. Bugungi kun dasturlari kechadigan ko‘ra omadliroq o‘tgani e’tiborga loyiq. 

Tecno

Ushbu kun doirasida kurashgan vakillarimiz 2 tadan oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritishdi. Dzyudochilarimizdan Hikmatilloh To‘raev (-73 kg) hamda Sharofiddin Boltaboev (-81 kg) oltin medalga sazovor bo‘lishgan bo‘lsa, Gulnoza Matniyazova (-70 kg) hamda Kamoliddin Rasulov (-81 kg) kumush medal bilan taqdirlanishdi. 

Bugungi dasturdan keyin terma jamoamiz hisobidagi medallar 2 tadan oltin, kumush va bronzani tashkil etmoqda. Umumjamoa hisobida 3 ta oltin medal olgan Rossiya terma jamoasidan so‘ng ikkinchi o‘rinda turibmiz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!